Live
5
O'zbek

Vali Sultonov: «Qo‘qon-1912» jamoasi ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi»

Eksklyuziv
27 noyabr, 10:20
Sultonov matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
Vali Sultonov: «Qo‘qon-1912» jamoasi ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi»
Фото: Хоразм ПФК

«Xorazm» klubi Qo‘qonda mezbonlar darvozasiga javobsiz ikkita gol urib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur bahsdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

- Bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Qolaversa, o‘yin juda chiroyli bo‘ldi. Yigitlarimiz murabbiylar shtabi tomonidan berilgan barcha topshiriqlarni bajarishdi. Hammasini tabriklayman. «Qo‘qon-1912» jamoasi ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ularga omad tilayman. Oldimizda yana bitta o‘yin bor va unga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

- O‘tish o‘yinlarida Superliga klublari Pro liga vakillari bilan o‘ynaydi. Shunday ekan, Pro liga jamoalarini ham kuzatyapsizlarmi?

- To‘g‘ri, o‘tish o‘yini bo‘ladi. Ammo oldimizda Superligada yana bitta o‘yinimiz bor. Bu taqdir, ko‘ramiz. Oxirgi uchrashuvdan keyin hammasi hal bo‘ladi. Barcha klublarga omad tilaymiz», - deya Vali Sultonovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar