Live
5
O'zbek

«Arsenal» «Sporting» himoyachisini sotib olishi mumkin

Futbol
27 noyabr, 06:15
London klubi Ivan Fresneda transferi bo‘yicha futbolchining agentlari bilan muzokara o‘tkazdi.
«Arsenal» «Sporting» himoyachisini sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Lissabonning «Sporting» klubi himoyachisi Ivan Fresneda faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. London klubi vakillari allaqachon Fresneda agentlari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilgan.

22 yoshli qanot himoyachisi 2023 yil avgustidan buyon Portugaliya klubida to‘p tepmoqda. Uning «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Fresnedaning bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Sporting CP Sporting CP
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar