«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri jarohatidan tiklanib, jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Ozarbayjondan qaytgan jamoaning dastlabki mashg‘ulotida ayrim mashqlarni jamoadoshlari bilan birga bajargan. Andreas Kristensen tiklanish jarayonini davom ettirmoqda, Mark Bernal esa mashg‘ulotda qatnashmagan.
Kutilishicha, Rodri yakshanba kuni «Deportivo»ga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritiladi va ma’lum vaqt maydonda harakat qiladi. Murabbiylar shtabi yarimhimoyachining Madridning «Atletiko» klubiga qarshi o‘yinga to‘liq tayyor bo‘lishiga umid qilmoqda.
Ma'lumot uchun, «Barselona» 29 noyabr kuni safarda «Deportivo» bilan bahs olib boradi. «Atletiko»ga qarshi bellashuv esa 2 dekabrga belgilangan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi