Live
8
O'zbek

«Barselona» ikki futbolchisining qaytishini kutmoqda

Futbol
26 noyabr, 11:00
Rodri va Andreas Kristensen «Deportivo»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
«Barselona» ikki futbolchisining qaytishini kutmoqda
Foto: Getty Images
29.11.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Deportivo de A Coruna Deportivo de A Coruna - : - Barselona Barselona

«Barselona» yarimhimoyachi Rodri va markaziy himoyachi Andreas Kristensenning safga qaytishiga umid qilmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Har ikki futbolchi 27 noyabr, juma kuni yakuniy tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi. Shundan so‘ng ularning maydonga tushishiga ruxsat berilishi mumkin. Manbaga ko‘ra, futbolchilarning ahvoli ancha yaxshilangan.

Eslatib o‘tamiz, Rodri noyabr oyi boshida sonning orqa mushaklaridan jarohat olgandi. Kristensen esa bir necha kun avval boldir mushagida noqulaylik sezgan.

«Barselona» 29 noyabr kuni Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida «Deportivo» mehmoni bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 13 turdan so‘ng Hans-Diter Flik jamoasi 36 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Deportivo de A Coruna Deportivo de A Coruna
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar