Live
7
O'zbek

Rayt «Arsenal»ning chempionlik imkoniyatlarini baholadi

Futbol
26 noyabr, 10:10
Arteta jamoasi turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Ian Rayt jamoaning bu mavsumda Angliya chempioni bo‘lish imkoniyatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritamiz, deb o‘ylamayman. Yanvar oyida hujum chizig‘idagi uch nafar futbolchi borasida biror chora ko‘rish kerak. Chunki jamoa gol urishga qiynalmoqda» — deya Raytning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining 11-turidan keyin London klubi 28 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Arsenal» eng yaqin ta’qibchisidan olti ochkoga oldinda bormoqda. Arteta shogirdlari keyingi turda o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar