Live
8
O'zbek

Gordon — YChLda hafta qahramoni

Futbol
26 noyabr, 10:30
U «Sabah»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Gordon — YChLda hafta qahramoni
Фото: Getty Images
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Sabah FK Sabah FK 1 : 4 Barselona Barselona

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida eng yaxshi futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda musobaqaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.

Ushbu sovrin «Barselona» vingeri Entoni Gordonga nasib etdi. Angliya terma jamoasi hujumchisi «ko‘k-anorranglilar»ning Ozarbayjonning «Sabah» (4:1) klubiga qarshi safardagi uchrashuvida ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni paytda Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa Chempionlar ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar hisobida 12 ochko mavjud. Musobaqada esa beshta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan Madridning «Real» klubi peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar