Live
7
O'zbek

Kalafiori: «YCHL finalidagi mag‘lubiyat erishgan yutuqlarimizni yo‘qqa chiqarmadi»

Futbol
26 noyabr, 10:20
«Arsenal» himoyachisi APL chempionligiga erishilgan mavsumdagi muhim lahzalar va finaldagi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
Kalafiori: «YCHL finalidagi mag‘lubiyat erishgan yutuqlarimizni yo‘qqa chiqarmadi»
Foto: Getty Images
24.11.2026 FT Chempionlar ligasi Arsenal Arsenal 1 : 1 Borussiya D Borussiya D

«Arsenal» himoyachisi Rikkardo Kalafiori o‘tgan mavsumda APL chempionligini qo‘lga kiritish va Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Italiyalik futbolchining fikricha, mavsumdagi burilish nuqtasi 19 aprel kuni Premyer-liganing 33-turida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahs bo‘lgan.

«Bu hal qiluvchi lahza edi. Barchamiz bunga qo‘shilamiz. Men ham, jamoadoshlarim ham o‘sha paytda Premyer-ligada chempionlikni boy berdik, deb o‘ylaganmiz. Ammo aynan o‘sha lahzada g‘alaba qozonishimizga ishondik. Tarix takrorlanmasligini tushungandik.

Men «PSJ»ga qarshi Chempionlar ligasi finalida maydonga tushmadim va o‘sha oqshom o‘zimni juda tushkun his qildim. Ertasi kuni esa muxlislar bilan APL chempionligi sharafiga tashkil etilgan paradga bordik. Dastlab u yerga borishni istamagandim, to‘g‘rirog‘i, uyga qaytib, uxlashni xohlagandim.

Ammo ajoyib mavsum o‘tkazganimizni, tarixga kirganimizni va 22 yildan keyin chempion bo‘lganimizni eslatish uchun kelgan muxlislarni ko‘rganimdan so‘ng, Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyat erishgan yutuqlarimizni yo‘qqa chiqarmaganini angladim», — dedi Kalafiori.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» APL turnir jadvalida 11-turdan so‘ng 28 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Borussiya D Borussiya D
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar