Live
10
O'zbek

Mourinyo, Flik va Xose Alberto — La Ligada oy murabbiyi bo‘lishga nomzodlar

Futbol
25 noyabr, 16:19
Joze yana nomzodlar qatorida.
Mourinyo, Flik va Xose Alberto — La Ligada oy murabbiyi bo‘lishga nomzodlar
Фото: Getty Images

Ispaniya La Ligasi noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun uch nafar nomzodni e’lon qildi.

Nomzodlar orasida «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo, «Barselona» ustozi Hansi Flik va «Rasing» murabbiyi Xose Alberto o‘rin oldi.

Joze boshqaruvida «qaymoqranglilar» noyabr oyida Ispaniya chempionatida o‘tkazgan uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Madridliklar «Rasing» (3:0), «Valensiya» (3:0) va «Selta»ni (2:1) mag‘lub etdi.

Flik boshqarayotgan «Barselona» esa ushbu oyda «Atletiko» (2:1) va «Vilyarreal» (3:2) ustidan g‘alaba qozondi. Xose Alberto shogirdlari «Real»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin «Malaga» (2:1) va «Real Sosiedat»ni (3:2) yengdi.

Ma’lumot uchun, Mourinyo — La Ligada oktabr oyining eng yaxshi murabbiyiga aylangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar