Live
11
O'zbek

Kalvert-Lyuin «Lids» bilan yangi shartnoma imzolaydi

Futbol
25 noyabr, 16:08
Yangi kelishuv 2029-yil yoziga qadar amal qiladi.
Kalvert-Lyuin «Lids» bilan yangi shartnoma imzolaydi
Фото: Getty Images

«Lids» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin jamoa bilan yangi shartnoma imzolaydi.

The Athletic nashri xabar berishicha, angliyalik 29 yoshli futbolchi «tovuslar» bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Qayd etilishicha, «Lids» klub tarixidagi eng yuqori maosh belgilangan shartnomani taklif qildi. Kalvert-Lyuin o‘tgan yili jamoaga kelganidan buyon APLda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol muallifi bo‘ldi.

O‘z navbatida, «Manchester Yunayted» forvard atrofidagi vaziyatni kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangi shartnoma futbolchining kelajagi borasidagi savollarga barham berib, «Lids» muxlislarini boshqa klublar tomonidan bo‘layotgan qiziqishdan xavotir olmaslikka undashi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lids Lids
Bugungi yangiliklar