«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APL doirasida «Lids»ga qarshi kechgan va 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Hozir hafsalamiz pir bo‘lgan holatdamiz. Bugun juda qiyin bo‘ldi. O‘yinni yaxshi boshlagan bo‘lsak-da, hozir jamoamiz ruhiy jihatdan zaif davrni boshdan kechirayotgandek tuyulmoqda. Vaziyat butunlay o‘zgarib ketdi.
Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qisman yo‘qotdik va uni qayta tiklay olmadik. Yechim topish uchun bir butun jamoa sifatida ishlashimiz kerak. Oldimizda hali uzoq yo‘l bor.
Birinchi bo‘limning so‘nggi 15 daqiqasida hammasi o‘zgarib ketdi. Dastlabki yarim soatda yaxshi harakat qildik, ammo keyin gol o‘tkazib yubordik. Kaysedo almashtirilganidan so‘ng o‘zimizni noqulay his qila boshladik va o‘yindagi ustunligimizni yo‘qotdik. O‘sha paytdan boshlab bizga qiyin bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda ko‘proq ish qilishimiz mumkin edi. Men jamoadan yaxshiroq o‘yin kutgandim. Lekin oldinga dadil harakat qilish uchun zarur ishonchni qaytara olmadik. Gol urish va uchrashuv taqdirini o‘zgartirish uchun raqibga yetarlicha bosim o‘tkaza olmadik.
Bu faqat ishonch masalasimi? Hammasi o‘zaro bog‘liq. Albatta, ishonch ham muhim. Ayni paytdagi zaifligimiz o‘yin talablari, jismoniy kurash va raqib bosimi bilan ham bog‘liq», — dedi Alonso.