Live
7
O'zbek

«Chelsi» muxlislarining haqoratli shiorlari uchun 150 ming funt jarimaga tortildi

Futbol
20 noyabr, 22:50
Klub ham qoidabuzarlik sodir etilganini tan olgan.
«Chelsi» muxlislarining haqoratli shiorlari uchun 150 ming funt jarimaga tortildi
Foto: Getty Images

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Londonning «Chelsi» klubini muxlislarining nomaqbul xatti-harakatlari sabab 150 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortdi.

Jazoga yanvar oyida «Chelsi» va «Charlton» o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvdagi voqealar sabab bo‘ldi. Ushbu bahs londonliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.

FA tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida «Chelsi» muxlislarining bir qismi katoliklar va irlandiyaliklarga nisbatan haqoratli iboralar ishlatgani aniqlangan.

Klub qoidabuzarlik sodir etilganini tan olgan, ammo belgilangan jazoning og‘irligiga e’tiroz bildirishga uringan.

Intizom qo‘mitasi xulosasiga ko‘ra, haqoratli shiorlar taxminan bir daqiqa davom etgan va uchrashuvning qolgan qismida takrorlanmagan. Biroq ushbu holatda ko‘p sonli muxlislarning ishtirok etgani jazoni og‘irlashtiruvchi asosiy omil sifatida baholangan.

Shu sababli Angliya futbol assotsiatsiyasi «Chelsi»ga nisbatan 150 ming funt sterling miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llashga qaror qilgan.

Qizig‘i, bundan bir necha kun avval aynan shunday mazmundagi haqoratli shiorlar sabab Angliya futbol assotsiatsiyasining o‘zi ham UEFA tomonidan jazolangan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar