Live
3
O'zbek

«Roma» qishda «Chelsi» vingerini ijaraga olmoqchi

Futbol
19 noyabr, 23:33
Rim klubi deyarli o‘ynamayotgan Gittensni o‘z safiga qo‘shib olish harakatida.
«Roma» qishda «Chelsi» vingerini ijaraga olmoqchi
Foto: Getty Images

«Roma» qishki transfer oynasida «Chelsi» vingeri Jeymi Gittensni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «bo‘rilar» 22 yoshli vingerga qishki transferlar bozorida talab yuqori bo‘lmasligiga umid qilmoqda. Italiyaliklar futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, muayyan shartlar bajarilgan taqdirda futbolchini majburiy sotib olish bandi ham shartnomaga kiritilishi mumkin.

Gittens bu mavsumda Angliya Liga kubogining ikki uchrashuvida maydonga tushdi. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, angliyalik vinger London klubiga 2025-yili 65 million yevro evaziga «Borussiya D»dan o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar