Live
2
O'zbek

«Boka Xuniors» 3-marta Janubiy Amerika kubogi g‘olibi bo‘ldi

Futbol
21 noyabr, 23:20
Finalda argentinaliklar Braziliyaning «Atletiko Mineyro» klubini mag‘lub etdi.
«Boka Xuniors» 3-marta Janubiy Amerika kubogi g‘olibi bo‘ldi
Foto: Boca Juniors

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi Janubiy Amerika kubogi (Copa Sudamericana) musobaqasining 2026 yilgi g‘olibiga aylandi.

Final uchrashuvida Argentina jamoasi Braziliyaning «Atletiko Mineyro» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Hal qiluvchi bahs «Boka Xuniors»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Argentinaliklar har ikki bo‘limda bittadan gol urib, raqiblariga imkoniyat qoldirmadi.

Shu tariqa, «Boka Xuniors» o‘z tarixida 3-marta Janubiy Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Klub avvalroq 2004 va 2005 yillarda ham ushbu musobaqada chempionlikni nishonlagan edi.

Qizig‘i, so‘nggi uch yilda Copa Sudamericana sovrini faqat Argentina klublariga nasib etmoqda. Avvalgi ikki mavsumda «Rasing» va «Lanus» g‘olib chiqqan bo‘lsa, bu safar ularning muvaffaqiyatini «Boka Xuniors» takrorladi.

Braziliya klublari uchun esa musobaqa finallaridagi omadsiz seriya davom etmoqda. So‘nggi 6 yilda hal qiluvchi bahslarda aynan Braziliya vakillari mag‘lub bo‘lgan.

Bu davrda «Red Bull Bragantino», «San-Paulu», «Fortaleza», «Kruzeyro» va ikki marta «Atletiko Mineyro» finalda imkoniyatni boy bergan.

Natijada «Boka Xuniors» 21 yillik tanaffusdan keyin yana Copa Sudamericana bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq «Boka Xuniors» 36 karra Argentina chempioni bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico MG Atletico MG
  • Boca Juniors Boca Juniors
  • Janubiy Amerika kubogi Janubiy Amerika kubogi
Bugungi yangiliklar