«Boka Xuniors» 2026-yilgi Argentina chempionati g‘olibiga aylandi. Jamoa hal qiluvchi turda «Defensa i Xustisiya»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Rodolfo Arruabarrena shogirdlariga g‘alaba keltirgan yagona gol uchrashuvning 90+6-daqiqasida urildi. Ekvadorlik hujumchi Enner Valensiya so‘nggi daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Boka Xuniors» ochkolari sonini 63 taga yetkazdi va asosiy raqobatchisi «Rosario Sentral»ni bir ochkoga ortda qoldirdi.
Shu tariqa, Buenos-Ayres klubi o‘z tarixida 36-marta Argentina chempioni bo‘ldi. Jamoa so‘nggi bor 2022-yilda ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Argentina chempionligi soni bo‘yicha rekord «River Pleyt»ga tegishli. Ushbu klub 38 marta mamlakat chempioni bo‘lgan.
Avvalroq Dibala «Boka Xuniors» bilan muzokara o‘tkazayotgani ma’lum qilingandi.