"Roma" hujumchisi Paulo Dibalaning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, argentinalik 32 yoshli futbolchi mavsum yakunida "bo'rilar"ni tark etishi mumkin.
"Roma" Dibala bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokaraga kirishmagan. Futbolchi "Boka Xuniors" bilan muzokara o'tkazmoqda. U ma'lum shartlar evaziga rimliklar safida qolishi mumkin.
Tomonlar yozda erkin agent maqomida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan transferni muhokama qilishmoqda.
Bu mavsumda Paulo Dibala 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va sheriklariga 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.