«Roma» himoyachisi Mario Ermoso Yevropaning ikki top-klubi e’tiboriga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» va «Inter» 31 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatmoqda. Transfermarkt portali Ermosoning bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.
Himoyachining Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirida yakunlanadi. Ermoso 2024 yildan buyon «Roma» sharafini himoya qilib kelmoqda.
U ushbu mavsum A Seriyada 11 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.