Live
5
O'zbek

Kompani: «Hamburg» bilan bahslar men uchun doim alohida ahamiyatga ega bo‘ladi»

Futbol
27 noyabr, 07:15
    3
«Bavariya» bosh murabbiyi sobiq klubi bilan o‘yin oldidan hissiyotlari va jamoadagi jarohatlar haqida gapirdi.
Kompani: «Hamburg» bilan bahslar men uchun doim alohida ahamiyatga ega bo‘ladi»
Foto: Getty Images
28.11.2026, 09:30 Bundesliga Germaniya Hamburg Hamburg - : - Bavariya Bavariya

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliganing 11-turi doirasida «Hamburg»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan fikr bildirdi. Bellashuv 28 noyabr kuni Hamburgdagi «Folksparkstadion»da o‘tkaziladi.

«Bu bahslar men uchun doim alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Nima sababdan ekanini bilmayman. U yerda uzoq vaqt o‘ynamagan bo‘lsam-da, shahar va uning odamlari qalbingizda iz qoldiradi. Hozir uch ochko qo‘lga kiritish uchun qo‘shimcha motivatsiyamiz bor, chunki oldimizda murakkab vazifalar turibdi.

Bu bahs nafaqat mening tarixim, balki jamoamiz tarixi sabab ham hissiyotlarga boy bo‘ladi. Muxlislarimiz bilan Hamburgga borib, qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishni istaymiz», — dedi Kompani klub rasmiy saytiga.

Belgiyalik mutaxassis jamoadagi jarohatlar va tarkibdagi vaziyat haqida ham to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, hozir «Bavariya» safida 130 ta gol mualliflari yetishmayapti.

«Haqiqat shuki, tarkibimizda jami 130 ta gol urgan futbolchilar yo‘q. Ammo talablarimiz o‘zgarmaydi — biz g‘alaba qozonishni istaymiz. Avval bunga erisha olmadik va bu yoqimsiz. Hozir bizda faqat bitta superyulduz bor — bu jamoa. Butun e’tiborim shu superyulduzga qaratilgan.

Maykl Olise ushbu bahsda o‘ynamaydi. Qolgan futbolchilarning maydonga tushishi mumkin. Biz uchun alohida futbolchilar emas, jamoa ustuvor. To‘qqiz kun ichida, jumladan, chorshanba kungi bahsni ham hisobga olganda, to‘rtta o‘yin o‘tkazishimiz kerak. Shu sababli butun tarkibdan foydalanishimiz lozim. Vaziyat aynan shunday, ammo talablarimiz o‘zgarishsiz qoladi», — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, «Hamburg» — «Bavariya» bahsi 28 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hamburg Hamburg
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar