Live
5
O'zbek

«Yuventus» 5 o‘yindan beri yutqazmayapti

Futbol
26 noyabr, 23:35
Turin klubi bu davrda 4 bor g‘alaba qozondi.
«Yuventus» 5 o‘yindan beri yutqazmayapti
Foto: Juventus
26.11.2026 FT Yevropa ligasi Yuventus Yuventus 4 : 1 Omonia Nicosia Omonia Nicosia

«Yuventus» barcha musobaqalarda mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 5 taga yetkazdi.

Payshanba kuni Lusiano Spalletti shogirdlari Yevropa ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvida «Omoniya»ni 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Turinliklar so‘nggi beshta uchrashuvda to‘rtta g‘alaba qozonib, bir marta durang qayd etishdi. «Keksa sinyora» ushbu oraliqda «Napoli»ni (2:0), safarda AZni (2:1), «Venetsiya»ni (4:0) va «Omoniya»ni (4:1) mag‘lub etdi. Shuningdek, Florensiyada «Fiorentina» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Spalletti shogirdlari ushbu 5 ta o‘yin davomida raqiblar darvozasiga 13 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 5 bor to‘p olib chiqishdi.

«Yuventus» keyingi o‘yinini 29-noyabr kuni o‘tkazadi. Jamoa Italiya chempionatining 13-turi doirasida «Komo» mehmoni bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Omonia Nicosia Omonia Nicosia
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar