Live
1
O'zbek

Alonso: «Hozir «Chelsi» uchun qiyin davr»

Futbol
27 noyabr, 21:30
Londonliklar bosh murabbiyi «Nottingem Forest»dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
Alonso: «Hozir «Chelsi» uchun qiyin davr»
Foto: Evening Standard
27.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Nottingem F Nottingem F 3 : 2 Chelsi Chelsi

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APLning 12-turidan o‘rin olgan «Nottingem Forest»ga qarshi bahs (2:3)dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu qiyin davrni yengib o‘tish uchun klub va jamoadagi barcha birdam bo‘lishi kerak. Biz yuzaga kelgan vaziyatni o‘nglashimiz lozim va buning uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz.

Hozir klubdagi barcha, jumladan, jamoa a’zolari va muxlislar uchun ham qiyin davr. Navbatdagi mag‘lubiyatdan hafsalamiz pir bo‘ldi, ammo mavjud muammolarga yechim izlashda davom etishimiz kerak.

Biz to‘xtab qolishimiz mumkin emas. O‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdik va jamoa uchun ijobiy natija qayd etish qiyinlashmoqda.

Hisob 1:2 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng uchinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Biz ushbu vaziyatdan chiqish yo‘lini topishimiz kerak», — dedi ispaniyalik mutaxassis Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar