«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda Kataloniya klubiga qaytish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
«Men «Barselona»ga murabbiy sifatida qaytmayman», — deya uning so‘zlarini Bundesliga Magazine nashriga tayanib, insayder Fabrisio Romano keltirmoqda.
Gvardiola «Barselona»ning asosiy jamoasini 2008 yildan 2012 yilgacha boshqargan. Keyinchalik u 2013–2016 yillarda «Bavariya», 2016–2026 yillarda esa «Manchester Siti»da ishladi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis avvalroq «Manchester Siti»ni tark etganidan keyin ijodiy tanaffus olishni rejalashtirayotganini bir necha bor aytgandi.