Bugun
36
O'zbek

Alisson «Liverpul» safida 350-bahsini o‘tkazadi

Futbol
27 noyabr, 17:40
Braziliyalik darvozabon yubiley o‘yinini «Everton»ga qarshi Mersisayd derbisida nishonlashi mumkin.
Alisson «Liverpul» safida 350-bahsini o‘tkazadi
Foto: Getty Images
29.11.2026, 07:00 Angliya Premer-ligasi Everton Everton - : - Liverpul Liverpul

«Liverpul» darvozaboni Alisson Beker klub safida 350 ta bahs o‘tkazish arafasida. Uning yubiley o‘yini yakshanba kuni «Everton»ga qarshi Mersisayd derbisiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

«Bu men uchun juda katta ahamiyatga ega. Bunday ko‘rsatkichlar faxrlanishga arziydi, chunki biz ushbu klub ramzi va umumiy maqsadlarimiz yo‘lida astoydil mehnat qilamiz.

Buyuk klubning buyuk futbolchilari qatoridan joy olish men uchun ulkan quvonch va sharaf. Umid qilamanki, shu ruhda davom eta olaman», — deya 34 yoshli darvozabonning so‘zlarini «Liverpul» rasmiy sayti keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Alisson «Liverpul» safida 350 ta bahs o‘tkazgan tarixdagi 50-futbolchiga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Everton» — «Liverpul» derbisi 29 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Liverpul Liverpul
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar