Live
3
O'zbek

APL. «Nottinghem Forest» — «Chelsi» 2:1 Live

Futbol
27 noyabr, 16:15
    2
London klubi safarda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib turibdi.
APL. «Nottinghem Forest» — «Chelsi» 2:1 Live
Foto: Getty Images
90’+1 Angliya Premer-ligasi Nottingem F Nottingem F 3 : 2 Chelsi Chelsi

APL 12-turi doirasida «Nottinghem Forest» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qilmoqda.

Birinchi bo‘limdagi yagona golni 5-daqiqada «Nottinghem Forest» hujumchisi Igor Jezus kiritdi. Tanaffusga mezbonlar 1:0 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l oldi.

2-bo‘lim avvalida esa «Nottinghem» ustunlikni ikki baravarga oshirdi, biroq «Chelsi» darhol bitta gol bilan javob qaytardi.

Uesli Fofana o‘z jarima maydonchasi ichida Liam Delapga qarshi mutlaqo o‘ylamay qoida buzdi. Belgilangan penaltini Gibbs-Uayt golga aylantirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Emmanuel Emega mehmonlarning hisobdagi farqni qisqartirdi. Niderlandiyalik futbolchining so‘nggi ikki bahsdagi ikkinchi goli.

Ma’lumot uchun, «Nottinghem Forest» 9 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. «Chelsi» esa 16 ochko bilan 8-pog‘onani egallagan.

APL. 12-tur
Nottinghem Forest — Chelsi 2:1

Nottinghem Forest: Sels, Jeyr, Milenkovich, Murillo, Shlager, Munyos, Makeyti, Neko Uilyams, Igor Jezus, Gibbs-Uayt, Delap.
Chelsi: Emiliano Martinez, Josh Achimpong, Uesli Fofana, Pep Chavarria, Romeo Lavia, Moyzes Kaycedo, Pedro Neto, Jordan Henderson, Koul Palmer, Morgan Rojers, Denni Uelbek.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar