«Chelsi» rahbariyati himoyachi Marko Palestrani jamoadan ketkazishni rejalashtirmayapti.
Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik 21 yoshli futbolchining A Seriyaga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qaramay, London klubi uni sotilmaydigan futbolchilar qatoriga kiritgan. «Ko‘klar» Palestrani transfer qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.
Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Palestra o‘tgan yozgi transfer oynasida «Atalanta»dan 57 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan. U Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa safida barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.