Yevropa Konferensiyalar ligasi 4-turida «Atalanta» safarda «Borac» bilan bellashdi. Bosniyadagi bahsda bergamoliklar superkambek evaziga g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisobni 22-daqiqada «Borac» futbolchisi Luka Yurichich ochdi. 29-daqiqada esa Matey Deket mezbonlarning ustunligini yanada oshirdi — 2:0. 75-daqiqada Abel Paskual qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oradan 13 daqiqa o‘tib, Sebastyan Errera ham maydondan chetlatildi.
86-daqiqada Krstovich hisobdagi farqni qisqartirdi. 90-daqiqada Kolashinats muvozanatni tikladi, qo‘shimcha vaqtning 3-daqiqasida esa Zappakosta g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Bu natijadan so‘ng Sarri jamoasi 7 ochko bilan 14-o‘rinda. «Borac» 3 ochko to‘plab, 26-pog‘onada.
YKL. 4-tur
Borac – Atalanta 2:3
Gollar: Yurichich 22, Deket 29 – Krstovich 86, Kolashinats 90, Zappakosta 90+3.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi