Live
18
O'zbek

Rossiya Kubogida pley-off bosqichi juftliklari ma’lum

Futbol
26 noyabr, 15:17
Jahongir O‘rozov jamoasi o‘z raqibini bilib oldi.
Rossiya Kubogida pley-off bosqichi juftliklari ma’lum
Фото: Матч ТВ

Rossiya Kubogining 2026/2027-yilgi mavsumi RPL yo‘nalishi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bahslardan keyin musobaqaning pley-off bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalarning raqiblari aniqlandi.

RPL yo‘nalishi:
«Dinamo» (Moskva) — «Zenit»;
SSKA — «Spartak»;
«Krilya Sovetov» — «Krasnodar»;
«Orenburg» — «Rostov».

Mintaqaviy yo‘nalish:
«SKA-Xabarovsk» — «Akron»;
«Nijniy Novgorod» — «Fakel»;
«Volga» — «Rubin»;
«Volna» — «Baltika».

RPL yo‘nalishidagi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvlari 2027-yilning 1–3-mart kunlari o‘tkaziladi. Javob bahslari esa 15–17-mart kunlariga belgilangan.

Mintaqaviy yo‘nalishdagi uchrashuvlar 2027-yilning 16–18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Kubogining amaldagi g‘olibi Moskvaning «Spartak» klubi hisoblanadi. O‘tgan mavsumgi Superfinalda «qizil-oqlar» «Krasnodar»ni mag‘lub etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rossiya kubogi Rossiya kubogi
Bugungi yangiliklar