Live
1
O'zbek

«River Pleyt» «Al Hilol» darvozabonini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
26 noyabr, 16:40
Darvozabonning «Al Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyul oyigacha mo‘ljallangan.
«River Pleyt» «Al Hilol» darvozabonini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«River Pleyt» klubi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» jamoasi darvozaboni Yassin Bununi o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Klub marokashlik 35 yoshli golkipерga qiziqish bildirayotganini rasman tasdiqladi.

«Yassin Bunu transfer maqsadlarimizdan biri hisoblanadi. Agar Beltran jamoani tark etsa, uni sotib olamiz. Aynan Bunu — «River Pleyt» tarkibida ko‘rishni istagan darvozabon», — dedi klub matbuot kotibi Rikardo Daso Saudiya Arabistonining Al Midan telekanaliga bergan intervyusida.

Argentinaliklar transferni yil o‘rtasigacha qoldirmasdan, yanvar oyidayoq amalga oshirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shu maqsadda «River Pleyt» vakillari marokashlik darvozabon bilan shaxsan muzokara o‘tkazish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan.

Darvozabonning «Al Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyul oyigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 3 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • River Plate River Plate
Bugungi yangiliklar