«Manchester Yunayted» Brunu Fernandesh bilan amaldagi shartnomani 2028 yil iyunigacha uzaytirish bandini faollashtirdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma borasidagi muzokaralar oktabr oyidan beri to‘xtab qolgan. Shu sababli «MYU» 2027 yilda portugaliyalik futbolchining ehtimoliy ketishidan himoyalanish maqsadida kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatidan foydalangan.
Ma'lumot uchun, «Manchester Yunayted» klubi APL 12-turi doirasida «Brentford»ga qarshi o'ynaydi. Bellashuv 28 noyabr kuni Manchester shahridagi «Old Trafford» stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik yarimhimoyachi o‘zini yaxshi his qilmagani sababli juma kungi mashg‘ulotda qatnashmagani va murabbiylar shtabi futbolchiga dam olish uchun vaqt bergani xabar qilingandi.