Live
2
O'zbek

Bundesliga. «Verder» «Borussiya M»ga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Futbol
27 noyabr, 16:35
Myonxengladbax jamoasi 3:1 hisobidagi ustunlikni saqlab qola olmadi.
Bundesliga. «Verder» «Borussiya M»ga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: Getty Images
27.11.2026 FT Bundesliga Germaniya Verder Verder 3 : 3 Borussiya M Borussiya M

Bundesliganing 11-turida «Verder» va Myonxengladbaxning «Borussiya» klublari 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar bellashuvning so‘nggi daqiqalarida ikkita gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Mehmonlar 27-daqiqada Kevin Diksning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochdi. 38-daqiqada Eren Dinkchi muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda esa Menxengladbax klubi yana oldinga chiqdi. 47-daqiqada Frank Onora, 78-daqiqada esa Vael Moxya gol urib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Biroq «Verder» taslim bo‘lmadi. 85-daqiqada Dinkchi dubl qayd etib, farqni qisqartirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Niklas Fyullkrug mezbonlarning uchinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:3.

Bundesliga. 11-tur
Verder — «Borussiya M» 3:3
Gollar:
Kevin Diks 27 (pen.), Eren Dinkchi 38, 85, Frank Onora 47, Vael Moxya 78, Niklas Fyullkrug 90+.

Verder: Xeyn, Deman (Vayzer, 72), Artur Soares, Piyper, Fridl, Erevebenagi (Shmetgens, 46), Chuki (Itten, 79), Reger (Linen, 86), Reis, Dinkchi, Fyullkrug (44).
Borussiya M: Bats, Diks, Zander (44), Kyarodiya, Noyxaus (Herold, 75), Kastrop (Ngyefak, 75), Uno (Itakura, 84), Skalli, Onora (Flek, 84), Machino (Klayndinst, 89), Moxya.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Verder Verder
  • Borussiya M Borussiya M
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar