Live
3
O'zbek

«Bavariya» qishda uch nafar hujumchidan birini sotib olishi mumkin

Futbol
27 noyabr, 16:10
Kristian Falk Nikolo Trezoldi, Doniell Malen va Erik Shupo-Moting bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi.
«Bavariya» qishda uch nafar hujumchidan birini sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Bavariya» qishki transfer oynasida «Bryugge» hujumchisi Nikolo Trezoldi, «Roma» vakili Doniell Malen va «Nyu-York Red Bullz» futbolchisi Erik Shupo-Motingni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Myunxen klubi bo‘yicha ixtisoslashgan insayder Kristian Falk ushbu ehtimollarni baholadi.

Uning ma’lum qilishicha, Trezoldi «Bavariya»ning uzoq muddatli transfer rejalari ro‘yxatida bor. Klub futbolchining vakillari bilan muzokara olib bormoqda. Biroq «Bryugge» hujumchini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishga tayyor emas. Shu sababli transferning yanvar oyida amalga oshishi deyarli imkonsiz. Klub vaziyatni kuzatishda davom etadi.

Falk Malenning «Bavariya»ga o‘tishi haqidagi xabarlarni esa rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, myunxenliklar «Roma» hujumchisini yanvar oyida sotib olishni muhokama qilmayapti. Klub futbolchini Harri Keyn safga qaytganidan keyin zaxirada qoldirish uchun qisqa muddatga taklif qilmoqchi emas.

Shupo-Motingning «Bavariya»ga qaytishi esa real variant sifatida ko‘rilmoqda. Insayderning fikricha, klub tajribali hujumchi bilan yanvar oyida qisqa muddatli shartnoma tuzishi mumkin. Bunday qaror transfer oynasi yakunlanishiga yaqin, jamoaning tarkibi va qo‘shimcha hujumchiga ehtiyoj baholangach qabul qilinadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar