«Bavariya» rahbariyatining Jamal Musiala borasidagi so‘nggi bayonotlari Maykl Olisening Myunxen klubidan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. «Real» esa fransiyalik futbolchining rivojlanishini kuzatishda davom etmoqda. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Bavariya»ning ayrim rahbarlari Musialaning avvalgi sport formasiga qaytishiga shubha bildirgan va uning transferi ehtimolini ham ochiq muhokama qilgan. Olise esa jamoadoshini omma oldida qo‘llab-quvvatlagan. Bu holat uning klub rahbariyati bilan munosabatlariga ta’sir qilishi mumkin.
«Musiala atrofidagi vaziyat yangi omilni yuzaga keltirishi mumkin. Olise yarimhimoyachini ochiq qo‘llab-quvvatladi. Fransiyalik futbolchi va klub rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashsa, bu uning boshqa jamoaga o‘tishiga yo‘l ochishi mumkin», — deyiladi El Nacional materialida.
Qayd etilishicha, «Real» Olise uchun yirik sovrinlar uchun kurashni davom ettirish imkonini beradigan jozibador variant bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining bozor qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.