«Liverpul» «Nyukasl»ning chap qanot himoyachisi Lyuis Hollning transferi borasidagi vaziyatni kuzatmoqda. Mersisaydliklar Milosh Kerkezning rivojlanishida siljish yo‘qligidan xavotirda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» 22 yoshli futbolchi uchun «Manchester Yunayted» bilan raqobatlashishi mumkin. O‘z navbatida, «Nyukasl» himoyachini jamoada saqlab qolmoqchi va faqat 80 million yevrodan kam bo‘lmagan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Hollning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.