«Ayaks» darvozaboni Mark-Andre ter Stegen xalqaro tanaffus vaqtida «Barselona» mashg‘ulot bazasiga nima sababdan tashrif buyurganini izohladi. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.
«Avvalo, oilamni ko‘rish uchun keldim», — dedi amsterdamliklar safida ijara asosida to‘p tepayotgan germaniyalik darvozabon.
Ter Stegen kataloniyaliklar bilan shartnomasi hamon amalda ekanini ham ta’kidladi:
«Men hali ham «Barselona» futbolchisiman».
Shuningdek, u tashrif davomida klub tibbiyot xodimlari bilan uchrashganini tasdiqladi. Darvozabonning aytishicha, unda bir nechta yengil noqulayliklar kuzatilgan. Manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchi avvalgi tizza muammolaridan keyin bo‘g‘im holatini baholash va maxsus muolaja olish uchun klubga kelgan.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli darvozabonning «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Biroq uning jamoadagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda: ayni paytda asosiy darvozabon — Joan Garsiya, zaxira posboni esa Dominik Livakovich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ter Stegen 2026/27 yilgi mavsumni «Ayaks» safida ijara asosida o‘tkazmoqda.