Live
3
O'zbek

Flik «Barselona»dagi muammoni aniqladi, futbolchilar esa bunga qo‘shilmayapti

Futbol
27 noyabr, 13:59
Nemis mutaxassisi jamoa yaratilayotgan vaziyatlardan samaraliroq foydalanishi kerak deb hisoblamoqda.
Flik «Barselona»dagi muammoni aniqladi, futbolchilar esa bunga qo‘shilmayapti
Foto: Getty Images
29.11.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Deportivo de A Coruna Deportivo de A Coruna - : - Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning hujumdagi samaradorligini oshirish zarur deb hisoblamoqda. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar La Ligada har bir bahsda o‘rtacha 3,92 ta gol urmoqda. Biroq ular yaqqol gol vaziyatlaridan foydalanmaslik bo‘yicha ham chempionatning eng yomon ko‘rsatkichiga ega — har bir o‘yinda o‘rtacha 3,4 ta imkoniyatni boy berishmoqda.

Flik bu muammo ertami-kechmi natijaga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda. Uning fikricha, jamoa gol urish borasida qiynalayotgani yo‘q, shunchaki yaratilgan imkoniyatlardan samaraliroq foydalanishi kerak.

Biroq Rafinya va «Barselona»ning boshqa sardorlari murabbiyning fikriga qo‘shilmayapti. Futbolchilar jamoa yetarlicha gol urayotganini ta’kidlab, ayrim vaziyatlarda imkoniyatlardan foydalana olmaslikni jiddiy tashvishga sabab deb hisoblamayapti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Deportivo de A Coruna Deportivo de A Coruna
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar