Live
1
O'zbek

Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv bahsida bir jamoada o‘ynashi mumkin

Futbol
27 noyabr, 14:10
Argentinalik hujumchi maxsus bellashuvda portugaliyalik yulduzni ham ko‘rishga umid qilmoqda.
Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv bahsida bir jamoada o‘ynashi mumkin
Foto: Getty Images

20 dekabr kuni «Boka Xuniors» stadionida Karlos Tevesning xayrlashuv bahsi bo‘lib o‘tadi. Lionel Messi ushbu bellashuvda ishtirok etishi tasdiqlangan. Krishtianu Ronalduning ham maydonga tushishi mumkinligi aytilmoqda.

«Messining ishtiroki allaqachon tasdiqlangan, Teves esa unga Ronaldu ham qo‘shilishi mumkinligiga ishora qildi», — deyiladi The Touchline xabarida.

Qayd etilishicha, Messi va Ronaldu mazkur bahsda bir jamoa safida to‘p tepishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Teves avval «Manchester Yunayted» safida birga o‘ynagan.

Bugungi yangiliklar