«Real» markaziy himoyachisi Ibraima Konate klub tarixidagi qaysi futbolchilarni o‘ziga kumir deb bilishini aytdi. 27 yoshli futbolchi sobiq sardor Serxio Ramos va braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldoni alohida e’tirof etdi.
«Mening kumirim — shubhasiz, Ramos. «Real»ning barcha davrlardagi sevimli futbolchilari haqida gap ketganda, tanlovim Serxio va Ronaldo o‘rtasida», — deya Konatening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Fransiyalik futbolchi o‘tgan yozda «Liverpul»dan erkin agent sifatida «Real» safiga qo‘shilgan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.