Ispaniyaning o‘ng qanot Vox partiyasi yetakchisi Santyago Abaskal mamlakatning Marokash bilan birgalikda 2030 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilishiga qarshi fikr bildirdi. Siyosatchi bu boradagi munosabatini saylovoldi debatlari vaqtida ma’lum qildi.
«Seuta okkupatsiya ostida ekan, Ispaniya Marokash bilan birgalikda jahon chempionatini o‘tkaza olmaydi», — dedi Abaskal.
Ma’lumot uchun, 2030 yilgi jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Seuta — Marokash hududi bilan o‘ralgan, Ispaniyaga qarashli yarimeksklav.
Manbada keltirilishicha, 30 iyul kuni Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seuta hududiga kirishga uringan. Ushbu voqealar vaqtida o‘nlab insonlar halok bo‘lgani aytiladi.