Live
1
O'zbek

«Chelsi» APLda ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Futbol
27 noyabr, 18:30
London klubi so‘nggi beshta turda faqat «Manchester Yunayted» ustidan g‘alaba qozongan.
«Chelsi» APLda ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qildi
Foto: Getty Images
27.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Nottingem F Nottingem F 3 : 2 Chelsi Chelsi

APL 12-turi doirasida «Chelsi» safarda «Nottinghem Forest»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu londonliklarning chempionatdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

«Siti Graund» stadionida kechgan bahsda Igor Jezus 5-daqiqada hisobni ochdi. Morgan Gibbs-Uayt 51 va 72-daqiqalarda yana ikki bor mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. «Chelsi» safida esa 54-daqiqada Emega, 89-daqiqada yana Emega gol urdi.

Shu tariqa, «Chelsi» APLdagi so‘nggi beshta turda to‘rtta mag‘lubiyat qayd etdi. Jamoa «Nottinghem Forest»dan tashqari «Lids» (1:4), «Sanderlend» (0:1) va «Tottenhem»ga (0:2) ham imkoniyatni boy bergan. Ushbu davrdagi yagona g‘alaba «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda (2:0) qo‘lga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» 12 turdan keyin 16 ochko bilan APL turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. «Nottinghem Forest» esa ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 14-pog‘onaga ko‘tarildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar