Superliganing 29-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Xorazm»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rafael Tavaresh 61 va 80-daqiqalarda kiritgan gollar Urganch klubi g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu natijadan keyin Qo‘qon jamoasining chempionatni 15-o‘rindan yuqorida yakunlay olmasligi aniq bo‘ldi. Klubning pley-offdagi raqibi esa 30-turdan keyin ma’lum bo‘ladi.
Agar qo‘qonliklarga «Andijon» raqiblik qilsa, pley-off bahsi Namangandagi Markaziy stadionda o‘tkaziladi. Qolgan barcha holatlarda o‘yin Toshkentdagi «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadi.
