Live
3
O'zbek

Zidanning oʻgʻli Jazoir milliy jamoasiga chaqirildi

Futbol
3 oktabr, 11:53
27 yoshli Lyuka avvalroq sport fuqaroligini oʻzgartirgandi.
Zidanning oʻgʻli Jazoir milliy jamoasiga chaqirildi
Foto: Getty Images

Lyuka Zidan Jazoir milliy jamoasidan chaqiruv oldi.

Fransiyaning bosh jamoasiga kirishga imkoniyati yetmasligini bilgan 27 yoshli darvozabon sport fuqaroligini oʻzgartirdi va endi Afrika qitʼasi vakili tarkibida oʻynaydigan boʻldi. U oktabr oyida JCh-2026 saralashidan oʻrin olgan Somali va Ugandaga qarshi bahslarda maydonga tushishi mumkin.

Lyuka Zidan – jahon va Yevropa chempioni Zinedin Zidanning oʻgʻli. U 2024 yildan beri «Granada»da oʻynaydi. Posbon 2014-2018 yillar oraligʻida Fransiyaning turli yoshdagi jamoalarida harakat qilgan.

Bugungi yangiliklar