Germaniyalik murabbiy Hans-Diter Flik himoyachi Alexandro Balde o‘sishdan to‘xtab qolgan, deb hisoblamoqda va bu holatdan juda norozi. Aynan shu sababli u klub futbolchi bilan xayrlashishiga qarshi emas.
«Barselona» qanot himoyachisi Alexandro Balde qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Diario SPORT.
Manbaga ko‘ra, agar Baldening o‘yin vaqti bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmasa, futbolchi yanvar oyida jamoani tark etishi mumkin. «Barselona» himoyachini ijaraga berishga tayyor, Shunday bo‘lgan taqdirda, himoyachi keyingi yil yakuniy qaror qabul qilishdan oldin o‘z formasini va o‘yin tonusini tiklab olishini maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumda 22 yoshli Balde Ispaniya chempionatining faqat bitta o‘yinida maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib turgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, iqtidorli, yosh ispaniyalik futbolchining «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi-2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.