Live
2
O'zbek

«Yuventus» APLda to‘p tepayotgan himoyachini kuzatmoqda

Futbol
26 sentabr, 07:24
Qanot himoyachisi Tayrik Mitchell faoliyatini Turinda davom ettirishi mumkin.
«Yuventus» APLda to‘p tepayotgan himoyachini kuzatmoqda
Foto: Gettyimages

«Kristal Pelas» qanot himoyachisi Tayrik Mitchell faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer yanvar oyida amalga oshirilishi mumkinligi aytilmoqda. Bitim summasi 23,3 million yevroni tashkil etishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Biroq Mitchellga Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari ham qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingan.

Yangi mavsumda Mitchell barcha musobaqalarni hisobga olgan holda oltita o‘yinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi. Himoyachining «Kristal Pelas» bilan amaldagi mehnat shartnomasi-2027-yil yoziga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar