Live
1
O'zbek

«Yuventus» Angliya klubi himoyachisini kuzatmoqda

Futbol
26 sentabr, 04:30
Turin klubi «Kristal Pelas» safida o‘ynayotgan Tayrik Mitchellning transferini ko‘rib chiqmoqda.
«Yuventus» Angliya klubi himoyachisini kuzatmoqda
Foto: Getty Images

«Kristal Pelas»ning qanot himoyachisi Tayrik Mitchell faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga Turin shahrining «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi ehtimoliy transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. Qayd etilishicha, kelishuv qiymati 23,3 million yevroni tashkil qilishi ehtimoli bor.

Biroq Mitchellga Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari ham qiziqish bildirmoqda. Shu sababli futbolchining kelajagi borasida bir nechta variant mavjud.

Mitchell ushbu mavsumda «Kristal Pelas» safida barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Mitchell «Kristal Pelas» tarkibida qanot himoyachisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar