Live
2
O'zbek

«Yuventus» Duglas Luis bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
26 sentabr, 07:08
Turin klubi braziliyalik yarimhimoyachining kelajagi bo‘yicha futbolchi vakillari bilan muzokara boshladi.
«Yuventus» Duglas Luis bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Yuventus» braziliyalik yarimhimoyachi Duglas Luis bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, turinliklar futbolchining vakillari bilan muzokaralarga kirishgan. Duglas Luis «Yuventus» safiga 2024-yil yozida Angliyaning «Aston Villa» klubidan kelib qo‘shilgandi.

Braziliyalik futbolchining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. U ushbu mavsumda jamoa safida barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» Italiya chempionatining dastlabki 5 turidan so‘ng 10 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar