Live
2
O'zbek

«Arsenal» Aleksander-Arnold transferini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
26 sentabr, 07:32
London klubi Angliya milliy jamoasi himoyachisini tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
«Arsenal» Aleksander-Arnold transferini ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Arsenal» «Real»ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni yanvar oyidagi transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi Angliya milliy jamoasi futbolchisini o‘ng qanot himoyasi uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan va uning atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. Biroq hozircha «Arsenal» va «Real» o‘rtasida transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralar olib borilmagan.

Agar Madrid klubi futbolchini sotishga tayyor bo‘lsa, Trentning transferi 70-80 million yevroga baholanishi mumkin. Shu bilan birga, «Real» hozircha himoyachini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Aleksander-Arnold 2025-yilda «Liverpul»dan «Real»ga o‘tgan va Madrid klubi bilan 2031-yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, futbolchi 2026/27-yilgi mavsumda «Real» safida 5 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar