Live
1
O'zbek

«Real» Ryudiger o‘rniga o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi

Futbol
26 sentabr, 06:00
Madrid klubi markaziy himoyadagi bo‘shliqni «Komo»da o‘ynayotgan yosh futbolchi bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
«Real» Ryudiger o‘rniga o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi Antonio Ryudigerning ehtimoliy ketishi ortidan uning o‘rnini to‘ldiradigan futbolchini aniqlagan. Bu haqda MadridistaHoy xabar berdi.

Avvalroq «Real» 33 yoshli germaniyalik himoyachining klub bilan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Madrid klubi endilikda markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun o‘z tarbiyalanuvchisi Yakobo Ramonni qaytarishni ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli ispaniyalik futbolchi «Real»ning Ryudiger o‘rniga asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ramon 2025 yil yozidan buyon Italiyaning «Komo» klubida faoliyat yuritmoqda.

Himoyachi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning «Komo» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt mutaxassislari Yakobo Ramonni 45 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ramon «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madrid klubi futbolchini 2025 yilda «Komo»ga yuborgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar