Live
1
O'zbek

«Yuventus» Balogun bo‘yicha vaziyatni kuzatmoqda

Futbol
26 sentabr, 07:36
Turin klubi «Monako» hujumchisini qishda tarkibiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda.
«Yuventus» Balogun bo‘yicha vaziyatni kuzatmoqda
Foto: Getty Images

«Monako» markaziy hujumchisi Folarin Balogun faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga Turin shahrining «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, turinliklar 25 yoshli hujumchini qishki transfer oynasida tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Balogun yozgi transfer oynasida ham klubini almashtirishga yaqin bo‘lgan. U «Everton»ga 45 million yevro evaziga o‘tishi mumkin edi, biroq tomonlar kelishuvni yakunlay olmagan.

Amerikalik futbolchi ushbu mavsumda Fransiya chempionatida faqat bir bahsda maydonga tushdi va unda samarali harakat qayd etmadi.

Eslatib o‘tamiz, Balogun 2026-yilgi jahon chempionatida 1/8 final bahsi oldidan qizil kartochkasi bekor qilingani bilan bog‘liq mojaro markazida qolgan edi. Manbada bu qaror AQSH prezidenti Donald Trampning FIFA rahbari Janni Infantinoga qo‘ng‘irog‘i ortidan qabul qilingani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Balogun avval «Arsenal» tizimida faoliyat yuritgan va 2023-yilda «Monako» safiga qo‘shilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Monaco Monaco
Bugungi yangiliklar