«Real» himoyachisi Eder Militao va hujumchisi Rodrigo mashg‘ulotlarda ishtirok etishga ruxsat oldi. Bu haqda MARCA xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Real» futbolchilarining bir qismi xalqaro tanaffus vaqtida bir necha kun dam oladi. Ayrim futbolchilar esa jismoniy holatini yaxshilash uchun mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Militao, Rodrigo va Mendi kelasi hafta davomida maxsus dastur asosida shug‘ullanib, tiklanish jarayonini davom ettiradi.
28 yoshli Militao ushbu mavsumda hali biror marta maydonga tushgani yo‘q. «Real» xalqaro tanaffusdan keyingi ilk bahsini 10-oktabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi La Liganing 8-tur bahsi 10-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.