Live
14
O'zbek

Deku: «Alvares transferi o‘tmishda qoldi. Bu — futbol. Endi u o‘z klubiga yordam bersin»

Futbol
25 sentabr, 09:18
    24
«Barselona» sport direktori klub yozda hujumchi qidirgani va Jezus transferi haqida gapirdi.
Deku: «Alvares transferi o‘tmishda qoldi. Bu — futbol. Endi u o‘z klubiga yordam bersin»
Foto: Getty Images

«Barselona» sport direktori Deku «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.

«Xulian bilan bog‘liq voqeaning Rafinya bilan bog‘liq vaziyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu mavsumda men uchun shaxsan alohida o‘ringa ega bo‘lgan «to‘qqizlik» — eng yaxshi «to‘qqizlik» Robert Levandovski klubdan ketdi. Robert «Barselona» uchun borini berdi, biz sovrinlarni qo‘lga kiritdik, ammo o‘zgarishlar vaqti keldi va bu unga ham kerak edi.

Biz har doim sheriklari bilan o‘zaro yaxshi hamkorlik qila oladigan, mobil (harakatchan) hujumchini sotib olishni maqsad qilganmiz. Xulian shunday variantlardan biri edi. Ammo bu transferni amalga oshira olmadik: taklif berdik, klub esa uni sotmasligini doimo ta’kidlab keldi. Shuning uchun boshqa yechimlarni izlashimizga to‘g‘ri keldi.

Gabriel Jezus rejalarimizga kirmagan edi, chunki uning kelajagi qanday bo‘lishini bilmasdik. U shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘lgan. Xulianning transferi amalga oshmasligiga ishonch hosil qilganimizdan so‘ng boshqa variantlarni izlay boshladik va Gabriel biz uchun ideal yechim bo‘lib chiqdi.

Shu tariqa g‘oya o‘zgarmadi: biz xuddi shunday profilga ega futbolchini topishni xohlagandik. Ammo Xulian endi o‘tmishda qoldi, biz oldinga qarashimiz kerak. Qolgan barcha ishlardan mamnunmiz. Uning ham ishlari yaxshi ketishiga umid qilaman, o‘z klubiga yordam bersin. Axir, bu — futbol. Unda muzokaralar va amalga oshmay qoladigan transferlar juda ko‘p bo‘ladi», —
deya Dekuning so‘zlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

24 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar