Per-Emerik Obameyang maydonga faqat kuz oxirida qaytadi.
«Deportivo» klubi xabar berishicha, 24-sentabr kuni hujumchi menisk operatsiyasini boshdan kechiradi.
Marca nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Gabon milliy jamoasining 37 yoshli sobiq futbolchisi taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi.
Ispaniya klubiga transfer qilinganidan so‘ng Obameyang 7 ta bahsda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va yana 2 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi faoliyati davomida «Borussiya D», «Arsenal», «Chelsi», «Barselona» va «Marsel» kabi klublarda ham o‘ynagan.
Obameyang operatsiya qilinadi
Futbol
23 sentabr, 17:03
«Deportivo» hujumchisining qancha muddat safdan chiqqani ma’lum.
Foto: Getty Images