Jud Bellinghem Angliya milliy jamoasida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Real» yarimhimoyachisi bu sovrinni ketma-ket ikkinchi yil qoʻlga kiritdi.
23 yoshli futbolchi bu yil «uch sherlar» safida 12 ta oʻyinda 7 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, u JCh-2026da bir qator rekordlarni oʻrnatdi.
7 ta golning barchasi aynan Jahon chempionatida urilgan — bu Angliya milliy jamoasi futbolchilari uchun yirik turnirlardagi rekord koʻrsatkich.
Inglizlar yozda oʻtgan mundialda bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Bu jamoaning chempionlik bilan yakunlangan JCh-1966dan keyingi eng yaxshi natijasi boʻldi.
Muxlislar Angliya milliy jamoasining rasmiy ilovasi orqali Judni jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb tanlashdi.
Bellinghem — qatorasiga ikkinchi yil Angliyada yil futbolchisi
Futbol
25 sentabr, 09:55
19
«Real» yarimhimoyachisi inglizlar safida JChda rekord oʻrnatgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi